O‘quv markazlar uchun boshqaruv platformasi

Markazingiz tartibda.Hammasi bir joyda.

Murojaatlardan to‘lovgacha: o‘quvchilar, guruhlar, davomat va moliya. Ustozlar va ota-onalar uchun alohida mobil ilovalar.

modul: murojaatlardan hujjatlargacha
14modul: murojaatlardan hujjatlargacha
mobil ilova: xodim va ustozlar uchun, ota-onalar uchun
2mobil ilova: xodim va ustozlar uchun, ota-onalar uchun
til: o‘zbek, rus va ingliz
3til: o‘zbek, rus va ingliz
so‘m SMS xarajati: xabarlar push orqali
0so‘m SMS xarajati: xabarlar push orqali

Excel, chat va qog‘ozdan tartibli tizimga

Ko‘pchilik markazlar hali ham shu uchtasida ishlaydi. Natija: yo‘qolgan murojaatlar, unutilgan qarzlar va oy oxiridagi hisob-kitob.

Hozir

  • O‘quvchilar va to‘lovlar Excel jadvalida
  • Davomat qog‘ozda, oylik kalkulyatorda
  • Qarzdorni eslab qolish va telefon qilish
  • Murojaatlar Telegram chatlarida yo‘qolib ketadi
  • Direktor hisobotni oy oxirigacha kutadi

edu.pro bilan

  • Bitta karta: to‘lovlar, davomat, guruhlar
  • Davomat telefondan, oylik o‘zi hisoblanadi
  • Qarzdorlarga push eslatma o‘zi boradi
  • Har bir murojaat voronkada, hech biri yo‘qolmaydi
  • Hisobotlar doim yangi, Excel’ga yuklanadi

Markaz kundalik ishining hammasi

Qog‘oz, Excel va chatlar o‘rniga bitta tartibli tizim.

Murojaatlar va sotuv

Instagram, Telegram, qo‘ng‘iroq: har bir so‘rov voronkada. Sinov darsidan guruhga yozilishgacha.

O‘quvchilar va guruhlar

Bitta karta: to‘lovlar, davomat, baholar va tarix. Guruh to‘lganligi va navbat.

Jadval va davomat

Darslar jadvali, xonalar bandligi. Ustoz davomatni telefondan bir bosishda belgilaydi.

Moliya va qarzlar

Hisob-fakturalar avtomatik yaratiladi. Qarzdorlar va kechikish kunlari ko‘rinib turadi.

O‘qituvchi oyligi

Fiks, foiz yoki darsbay. Oylik davomat jurnalidan o‘zi hisoblanadi.

Hisobotlar

Tushum, qarz, o‘sish va ketish, ustozlar reytingi. Excel’ga yuklab olinadi.

Push xabarlar

Ota-onalarga to‘lov eslatmasi, dars o‘zgarishi va davomat haqida bildirishnoma.

Hujjatlar

Shartnoma va kvitansiya shablon asosida tayyor, PDF sifatida olinadi.

Platformaning o‘zi shunday ko‘rinadi

Haqiqiy admin panel. Ekranlar o‘zi almashib turadi, xohlasangiz o‘zingiz tanlang.

Tushum, qarz va guruhlar to‘lganligi bir ko‘rishda.

Demo markaz ma’lumotlari, interfeys o‘zbek tilida

Murojaatdan to‘lovgacha: bitta oqim

Har bir qadam keyingisiga o‘zi ulanadi. Hech narsa qo‘lda ko‘chirilmaydi.

  1. 01

    So‘rov keldi

    Instagram yoki qo‘ng‘iroqdan kelgan murojaat voronkaga tushadi.

  2. 02

    Sinov darsi

    Vazifa va muddat bilan: hech kim esdan chiqmaydi.

  3. 03

    Guruhga yozildi

    Joy bo‘lmasa, o‘quvchi navbatga qo‘yiladi.

  4. 04

    Hisob-faktura

    Har oy avtomatik yaratiladi, chegirmalar hisobga olinadi.

  5. 05

    To‘lov va eslatma

    Qarz qolsa, ota-onaga push eslatma boradi.

Ikki ilova, uch rol

«EduPro Admin» kirgan odamning roliga moslashadi: direktor boshqaruvni, ustoz darslarini ko‘radi. Ota-onalar uchun alohida «EduPro».

EduPro Admin · Direktor

Markaz cho‘ntagingizda

Tushum, qarzdorlar, murojaat qo‘shish va to‘lov qayd qilish: stoldan turmasdan.

EduPro Admin · Ustoz

Davomat bir bosishda

Bugungi darslar, davomat, baholar va oylik hisob-kitobi.

EduPro · Ota-ona

Farzand ko‘z o‘ngingizda

Jadval, davomat, baholar, qarz va to‘lovlar. Muhim xabarlar bildirishnoma bilan.

Tez orada

Narxlar tez orada e’lon qilinadi

Faqat faol o‘quvchilar uchun to‘laysiz. Aniq shartlarni demo vaqtida aytib beramiz.

Demo so‘rash

Ko‘p so‘raladigan savollar

Ma’lumotlarimizni boshqa tizimdan ko‘chirib berasizmi?

Hozircha Excel’dan yuklash tayyor emas: o‘quvchi va guruhlar admin panelda qo‘shiladi. Eski ma’lumotlarni ko‘chirish tartibini demo vaqtida birga kelishamiz. Tizimdan esa o‘quvchilar va hisobotlarni istalgan vaqt Excel’ga yuklab olasiz.

Ota-onalar ilovani o‘rnatmasa nima bo‘ladi?

Admin panelda ilovaga ulanmagan ota-onalar ro‘yxati ko‘rinadi, ularga taklif kodi yuboriladi.

Ota-ona ilovaga qanday kiradi?

Admin o‘quvchi kartasida taklif kodi va QR yaratadi. Ota-ona telefon raqami va shu kodni kiritib, PIN o‘rnatadi. SMS kodi kerak emas. Kod 7 kun amal qiladi.

Xabarlar qanday boradi? SMS bormi?

Xabarlar ilovadagi bildirishnoma (push) orqali boradi, shuning uchun SMS uchun alohida xarajat yo‘q. SMS va Telegram keyingi bosqichlarda qo‘shiladi.

Qaysi qurilmalarda ishlaydi?

Admin panel brauzerda ochiladi. Xodimlar va ustozlar uchun «EduPro Admin», ota-onalar uchun «EduPro» ilovasi hozircha Android uchun. iOS keyingi bosqichga rejalashtirilgan.

Ustoz va xodimlar nimani ko‘radi?

Ustoz faqat o‘z guruhlari va o‘quvchilarini ko‘radi. Xodimlarga har bir bo‘lim uchun alohida ruxsat beriladi: to‘liq, faqat ko‘rish yoki yo‘q.

Ustozlar oyligi qanday hisoblanadi?

Uch sxema bor: belgilangan summa, tushumdan foiz yoki dars uchun stavka. O‘tilgan darslar davomat jurnalidan olinadi, oylik avval qoralama bo‘ladi, tasdiqlanadi va to‘langan deb belgilanadi.

Shartnoma va kvitansiya chiqarsa bo‘ladimi?

Ha. Shablon asosida o‘quvchi va ustoz shartnomasi, to‘lov kvitansiyasi va ma’lumotnoma maydonlari o‘zi to‘ldirilib, chop etishga tayyor ko‘rinishda chiqadi. Uni PDF qilib saqlash mumkin.

Qaysi tillarda ishlaydi?

Mobil ilovalar va ota-onaga boradigan xabarlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida: har foydalanuvchi o‘z tilini tanlaydi. Veb admin panel hozircha o‘zbek tilida.

Ma’lumotlarimiz qanchalik xavfsiz?

Har markazning ma’lumotlari alohida: boshqa markaz ularni ko‘ra olmaydi. Muhim o‘zgarishlar tarixi saqlanadi, ketma-ket noto‘g‘ri parol kiritilsa kirish vaqtincha to‘xtatiladi.

Bir nechta filial bilan ishlash mumkinmi?

Ha. Xodim biriktirilgan filialning ma’lumotlarinigina ko‘radi.

Online to‘lov bormi?

Hozircha to‘lovni admin qayd qiladi. Payme va Click keyingi bosqichda qo‘shiladi.

Narx qancha bo‘ladi?

Oylik obuna, narx faol o‘quvchilar soniga bog‘liq. Aniq shartlarni demo vaqtida aytib beramiz.

Demo qancha davom etadi va majburiyat bormi?

Demo bepul, 20 daqiqalik onlayn uchrashuv. Unda tizimni sizning jarayonlaringizga moslab ko‘rsatamiz, hech qanday majburiyat yo‘q.

Bepul demo

Markazingizda qanday ishlashini ko‘ring

20 daqiqalik onlayn uchrashuvda tizimni sizning jarayonlaringizga moslab ko‘rsatamiz. Hech qanday majburiyat yo‘q.

Keyin nima bo‘ladi

  1. 1

    Ariza qoldirasiz

    Bir daqiqa: ism, telefon va markazingiz haqida qisqacha.

  2. 2

    Qo‘ng‘iroq qilamiz

    Ish kuni davomida bog‘lanib, sizga qulay vaqtni kelishamiz.

  3. 3

    Birga ko‘rib chiqamiz

    Demo markazda murojaatdan to‘lovgacha butun jarayonni ko‘rsatamiz.

  • Bepul
  • Majburiyatsiz
  • O‘zbek va rus tilida

Demo uchun ariza

Bir daqiqa vaqt oladi

+998
O‘quvchilar soni

Raqamingiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.