Murojaatlar va sotuv
Instagram, Telegram, qo‘ng‘iroq: har bir so‘rov voronkada. Sinov darsidan guruhga yozilishgacha.
O‘quv markazlar uchun boshqaruv platformasi
Murojaatlardan to‘lovgacha: o‘quvchilar, guruhlar, davomat va moliya. Ustozlar va ota-onalar uchun alohida mobil ilovalar.
Ko‘pchilik markazlar hali ham shu uchtasida ishlaydi. Natija: yo‘qolgan murojaatlar, unutilgan qarzlar va oy oxiridagi hisob-kitob.
Qog‘oz, Excel va chatlar o‘rniga bitta tartibli tizim.
Instagram, Telegram, qo‘ng‘iroq: har bir so‘rov voronkada. Sinov darsidan guruhga yozilishgacha.
Bitta karta: to‘lovlar, davomat, baholar va tarix. Guruh to‘lganligi va navbat.
Darslar jadvali, xonalar bandligi. Ustoz davomatni telefondan bir bosishda belgilaydi.
Hisob-fakturalar avtomatik yaratiladi. Qarzdorlar va kechikish kunlari ko‘rinib turadi.
Fiks, foiz yoki darsbay. Oylik davomat jurnalidan o‘zi hisoblanadi.
Tushum, qarz, o‘sish va ketish, ustozlar reytingi. Excel’ga yuklab olinadi.
Ota-onalarga to‘lov eslatmasi, dars o‘zgarishi va davomat haqida bildirishnoma.
Shartnoma va kvitansiya shablon asosida tayyor, PDF sifatida olinadi.
Haqiqiy admin panel. Ekranlar o‘zi almashib turadi, xohlasangiz o‘zingiz tanlang.
Tushum, qarz va guruhlar to‘lganligi bir ko‘rishda.
Demo markaz ma’lumotlari, interfeys o‘zbek tilida
Har bir qadam keyingisiga o‘zi ulanadi. Hech narsa qo‘lda ko‘chirilmaydi.
01
Instagram yoki qo‘ng‘iroqdan kelgan murojaat voronkaga tushadi.
02
Vazifa va muddat bilan: hech kim esdan chiqmaydi.
03
Joy bo‘lmasa, o‘quvchi navbatga qo‘yiladi.
04
Har oy avtomatik yaratiladi, chegirmalar hisobga olinadi.
05
Qarz qolsa, ota-onaga push eslatma boradi.
«EduPro Admin» kirgan odamning roliga moslashadi: direktor boshqaruvni, ustoz darslarini ko‘radi. Ota-onalar uchun alohida «EduPro».
Tushum, qarzdorlar, murojaat qo‘shish va to‘lov qayd qilish: stoldan turmasdan.
Bugungi darslar, davomat, baholar va oylik hisob-kitobi.
Jadval, davomat, baholar, qarz va to‘lovlar. Muhim xabarlar bildirishnoma bilan.
Faqat faol o‘quvchilar uchun to‘laysiz. Aniq shartlarni demo vaqtida aytib beramiz.
Hozircha Excel’dan yuklash tayyor emas: o‘quvchi va guruhlar admin panelda qo‘shiladi. Eski ma’lumotlarni ko‘chirish tartibini demo vaqtida birga kelishamiz. Tizimdan esa o‘quvchilar va hisobotlarni istalgan vaqt Excel’ga yuklab olasiz.
Admin panelda ilovaga ulanmagan ota-onalar ro‘yxati ko‘rinadi, ularga taklif kodi yuboriladi.
Admin o‘quvchi kartasida taklif kodi va QR yaratadi. Ota-ona telefon raqami va shu kodni kiritib, PIN o‘rnatadi. SMS kodi kerak emas. Kod 7 kun amal qiladi.
Xabarlar ilovadagi bildirishnoma (push) orqali boradi, shuning uchun SMS uchun alohida xarajat yo‘q. SMS va Telegram keyingi bosqichlarda qo‘shiladi.
Admin panel brauzerda ochiladi. Xodimlar va ustozlar uchun «EduPro Admin», ota-onalar uchun «EduPro» ilovasi hozircha Android uchun. iOS keyingi bosqichga rejalashtirilgan.
Ustoz faqat o‘z guruhlari va o‘quvchilarini ko‘radi. Xodimlarga har bir bo‘lim uchun alohida ruxsat beriladi: to‘liq, faqat ko‘rish yoki yo‘q.
Uch sxema bor: belgilangan summa, tushumdan foiz yoki dars uchun stavka. O‘tilgan darslar davomat jurnalidan olinadi, oylik avval qoralama bo‘ladi, tasdiqlanadi va to‘langan deb belgilanadi.
Ha. Shablon asosida o‘quvchi va ustoz shartnomasi, to‘lov kvitansiyasi va ma’lumotnoma maydonlari o‘zi to‘ldirilib, chop etishga tayyor ko‘rinishda chiqadi. Uni PDF qilib saqlash mumkin.
Mobil ilovalar va ota-onaga boradigan xabarlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida: har foydalanuvchi o‘z tilini tanlaydi. Veb admin panel hozircha o‘zbek tilida.
Har markazning ma’lumotlari alohida: boshqa markaz ularni ko‘ra olmaydi. Muhim o‘zgarishlar tarixi saqlanadi, ketma-ket noto‘g‘ri parol kiritilsa kirish vaqtincha to‘xtatiladi.
Ha. Xodim biriktirilgan filialning ma’lumotlarinigina ko‘radi.
Hozircha to‘lovni admin qayd qiladi. Payme va Click keyingi bosqichda qo‘shiladi.
Oylik obuna, narx faol o‘quvchilar soniga bog‘liq. Aniq shartlarni demo vaqtida aytib beramiz.
Demo bepul, 20 daqiqalik onlayn uchrashuv. Unda tizimni sizning jarayonlaringizga moslab ko‘rsatamiz, hech qanday majburiyat yo‘q.
20 daqiqalik onlayn uchrashuvda tizimni sizning jarayonlaringizga moslab ko‘rsatamiz. Hech qanday majburiyat yo‘q.
Keyin nima bo‘ladi
Ariza qoldirasiz
Bir daqiqa: ism, telefon va markazingiz haqida qisqacha.
Qo‘ng‘iroq qilamiz
Ish kuni davomida bog‘lanib, sizga qulay vaqtni kelishamiz.
Birga ko‘rib chiqamiz
Demo markazda murojaatdan to‘lovgacha butun jarayonni ko‘rsatamiz.